Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali «Tabiy fanlar» kafedrasi tashabbusi bilan Gruziya universiteti Matematika instituti direktori, professor Duduchav Roland Valerianovich tashrif buyurdi

Uchrashuv mobaynida o‘zaro tanishtiruvdan so‘ng, universitetlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarni malaka oshirish va stajirovkalarga yuborish, talabalar almashinuvi to‘g‘risida suhbatlashildi.

Shuningdek, Matematika instituti direktori, fizika-matematika fanlari doktori, professor Duduchava R.R. tomonidan filialimizning 1-2 bosqich talabalariga “Diskret tuzilmalar” fanidan dars mashg‘ulotlari o‘tib berildi.