Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri о‘tkazildi

Bahor faslini kirib kelishi bilan butun dunyo bо‘ylab Xotin-qizlar kunini nishonlash yaxshi an’anaga aylandi desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Tabiatning uyg‘onishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga gо‘zallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi xotin-qizlarimizning bayrami bilan hamohangdir.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida eng gо‘zal va yorqin bahor bayrami bо‘lmish 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bо‘lib о‘tdi.

Tadbir davomida, filialda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarga bahoriy guldastalar va sovg‘alar hadya etildi.