“Ilhom” mukofoti tanloviga hujjat qabul qilish boshlandi

Shoir va yozuvchilar hayoti va ijodi haqida bilim va imkoniyatlaringizga ishonasizmi? Tanlovda ishtirok etib, oʼzingizni sinab koʼring!

“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʼrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʼtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

Tanlov gʼoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1️-oʼrin – “Spark” avtomobili;
2️-oʼrin – 30 mln. soʼm pul mukofoti;
3️-oʼrin – 15 mln. soʼm pul mukofoti.

Gʼoliblar Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan taqdirlanadi.

Tanlov 2 bosqichda oʼtkaziladi:

1-bosqich – har yili 20-martga qadar oliy taʼlim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;

2-bosqich – har yili 10-mayga qadar asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.

“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash har yili Аdiblar xiyoboni ochilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.

Shoshiling, 15-martga qadar OTMning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha masʼullariga ariza bilan murojaat qiling!