Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘on filiali direktori A. Rasulov talaba-yoshlarini yashash sharoiti bilan yaqindan tanishish maqsadida, Kompyuter injiniringi fakultetining ijarada yashovchi talaba-yoshlarning uylariga tashrif buyurdi

2021-yil 4-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiFarg‘ona filiali direktori А.Rasulov va Kompyuter injiniringi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Ibragimovlar xususiy xonadonlarda ijarada yashaydigan talaba-yoshlarni yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashriflar uyushtirildi. Jumladan, Farg‘ona shahar Mustaqillik ko‘chasi 195/2 uyda ijarada yashovchi filialning 6 nafar talaba-yoshlarni yashash sharoitlari yaqindan o‘rganildi. Ushbu xonadonda Kompyuter injiniringi fakultetining 5 nafar va Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy taʼlim fakultetidan 1 nafar talabalar ijarada yashaydi. Talabalar uchun 2 xona yotoq uchun va 1 xona dars qilish uchun ajratilgan. Talabalar yotishi uchun urindiqlar mavjud va dars qilish stol stullar yetarli. Tashrif davomida filial direktori va talaba-yoshlar bilan ijara xonadonidagi yashash sharoiti, sanitariya-gigienaga rioya qilish, yong‘in xavfsizligi va bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishlari haqida suhbat o‘kazildi. Shuningdek uy egasi bilan ham fikr almashildi. Talabalar va uy egasi filial direktorini tashrifidan mamnun bo‘lib, o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

Shuningdek, Farg‘ona shahar A.Navoiy ko‘chasi 82 A uy 46 xonadondagi ijarada yashovchi 6 nafar talaba-yoshlarni yashash sharoiti o‘rganildi. Mazkur  xonadon 2 xonadan iborat bo‘lib, talabalarni dars qilishlari uchun qo‘shimcha stol va stul zarurligi aniqlandi. Filial direktori A. Rasulov tomonidan ushbu xonadonga 1 stol va 2 ta stullar ajratildi.   

Farg‘ona shahar S.Temur ko‘chasi 31 B uy 2 xonadonda Kompyuter injiniringi fakulteti 1-bosqich 641-20 guruh talabasi S.Ibragimov Farg‘ona davlat universiteti 2-bosqich 5 nafar talabalari bilan ijarada yashaydi.  Xonadon 2 xonadan iborat bo’lib, dars qilish uchun stol va stul zarurligi aniqlandi. Ushbu talabaga ham filial tomonidan stol va stullar  ajratildi.

Shu kunni o‘zida ijarada yashovchi talabalarni dars qilishlari uchun stol va stullar filial tomonidan talabalarga yetkazib berildi.