Filialga Malayziya davlatidan professor tashrif buyurdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Malayziya davlatidan tashrif buyurgan professor Anvar Nazrullayev va “Axborot texnologiyalari” kafedra professor o’qituvchilari hamda 610-17 kompyuter injiniringi  talabalari ishtirokida “O’rnatilgan tizimlarda sun’iy intellekt” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi

Ochiq darsda 610-17 guruh talabalari, Professor-o’qituvchilar va magistratura talabalari tinglovchi sifatida qatnashdi. Ochiq darsda sun’iy intellektning asosiy muammolari, yutuqlari va kamchiliklari muhokama qilindi. Avvalo “sun’iy intellekt” tushunchasining o‘zi haqida. “Sun’iy” so‘zining ma’nosi ayon: u kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy bo‘lmagan narsani, ya’ni, inson qo‘li bilan yaratilgan narsalarni nazarda tutadi. “Intellekt” so‘zini esa bundayin oson ta’riflashning imkoni yo‘q. Lug‘atlarda uning ma’nosi juda xilma-xil beriladi. Masalan, intellektni “qaror qabul qila olish qobiliyati”, “anglash qobiliyati” kabi qisqa va lo‘nda ta’riflaridan tashqari, bilish, idrok qilish va tahlil asosida, hamda, yig‘ilgan tajriba hamda ko‘nikmalar vositasida yangi vaziyatlarga moslasha olish” kabi uzundan uzoq ta’riflari ham bor. Ilmiy atama holidagi “sun’iy intellekt” tushunchasi esa ilk bora 1956-yilda, Stenford universitetida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda inglizcha “artificial intelligence” (AI) tarzida ilm-fanga taklif qilingan edi. Shundan buyon mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik orasida mustahkam o‘rnashib qoldi.

Fikrlash jarayonini avtomatlashtirish masalasi ham sun’iy intellekt tushunchasi bilan uzviy bog‘liqlikka ega. Mashinaning fikrlashi birmuncha g‘ayrioddiy ko‘rinadigan g‘oyadir. Hozirgi kunda “intellektual” deb nomalanadigan mashinalarning, ya’ni, sun’iy intellekt “egalari”ning imkoniyatlari inson kabi fikrlash darajasida emas. Ulardan olinadigan eng maksimum natija, hozirda murkkab, uzoq vaqt talab qiluvchi va bir necha minglab xususiy va umumiy hollarni tahlil qilib chiqishni taqozo etuvchi ilmiy farazlarni, asosan matematik teoremalarni va shunga o‘xshash ho kazolarni muayyan shartlar asosida tezkorlik bilan tekshirib, natiajsini ma’lum qilish bo‘lmoqda xolos.

Shuningdek ochiq darsda “Matlab” dasturiy paketi yordamida bajariladigan ayrim yechilishi qiyin bo’lgan matematik masalalar va murakkab hisoblash amallari ko’rsatib o’tildi.

Bundan tashqari Professor tomonidan talabalarga hozirgi kundagi yetakchi dasturlash tillari, ularning bir-biridan farqi, ustunlik va kamchiliklari sanab o’tildi.

Ochiq dars yakunida filial talabalari va qatnashchilar Malayziya Universitetlaridagi dars jarayonlari hamda “Suniy intellekt” sohasidagi yangiliklardan habardor bo’lishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.