Axborot-resurs markazi direktori

Arakulova Fotimaxon Isroilovna

Telefon: +998905624400

Email: arm@tatuff.uz


 Umumiy ma’lumot

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Axborot-resurs markazi 2005 yilda tashkil etilgan. Filialining  Axborot – resurs markazi 115 ta o’rindan iborat. Axborot-resurs markazi zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. 38 ta zamonaviy kompyuterlar bo’lib barchasi internet tarmog’iga lokal tarmoq va Wi-Fi qurilmalari yordamida ulangan. Kitobxonlar kompyuter texnikasidan erkin foydalanishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan, 1 ta rangli printer, 2 ta oddiy printer va 2 ta tezkor skaner mavjud.

Axborot resurs markazi fondi: Axborot-Resurs Markazining umumiy kitob fondi nomda: 4001 ta, nusxada: 13031 tani tashkil etadi. Shundan: o‘quv adabiyotlari – 2458 nomda 9945 nusxa, ilmiy adabiyotlar – 123 nomda 610 nusxa, badiiy adabiyotlar – 886 nomda 1387 nusxa, boshqa adabiyotlar –  544 nomda 1089 nusxada mavjud.

Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan Axborot resurs-markaziga a‘zo bo‘lgan professor-oqituvchilar 109 ta, talabalar 790 nafarni tashkil etadi.

Axborot-resurs markazidan masofadan turib foydalanish uchun telegram messengeri orqali https://t.me/libfbtuituz_bot havolasi orqali TATUFF elektron kutubxona boti ishga tushirilgan. Elektron kutubxona bo‘yicha https://lib.fbtuit.uz havolasi orqali o‘z veb sayti yo‘lga qo‘yilgan va elektron adabiyotlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Hozirda ARM elektron adabiyotlar bazasi 2100 dan ortiq adabiyotlarlar bilan ta‘minlangan hamda ushbu yilda ARM fondidagi adabiyotlarni 100% elektron fondda shakllantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Talabalarning mustaqil ishlarida ko‘makdosh sifatida mahalliy hamda xorijiy ilmiy bazalar bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi.

Mahalliy ARM va kutubxonalardan: Tayanch oliygoh TATU, Viloyat kutubxonasi hamda FarDU elektron kutubxonalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Xorijiy hamkorliklardan: EBSCO ilmiy-ta‘limiy ma‘lumotlar bazasidan. Bosh qarorgohi Massachuses shtatining Ipsvich shahrida joylashgan EBSCO Informatsion Services EBSCO Industries Inc.ning bo‘linmasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Alabama shtati Birmingem shahrida joylashgan. EBSCO butun dunyo bo‘ylab turli xil kutubxonalarga xizmatlarni taqdim etadi.

Markaz xodimlari ro‘yxati

  • Arakulova Fotimaxon Isroilovna
  • Raximova Zulxumor Nasivaliyevna
  • Raxmankulova Dildora Muxammadjonovna
  • Xolxadjayeva Ma‘muraxon Obidovna
  • Nishonboyeva Dildora Sharipovna
  • Nasridinova Rashida Djurayevna
  • Rizayeva Namuna Toirxonovna
  • G‘aniyeva Sohiba Turgunbayevna
  • Yakubova Odinaxon Akbarovna

Lavozim yo’riqnomalari

Axborot-resurs markazi faoliyati haqida taqdimot