Filialda Ustoz-shogird maktabi tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

       Filial talabalarining soxa korxonalari bilan hamkorliklarda tashkil etilgan soxa mutaxassilari bilan uchrashuvlari 

  Soxa korxona va tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi va filial o‘rtasida “Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlari tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabalari uchun o‘tkaziladigan seminar-trening (master-klass)lar o‘tkazish uchun reja” tasdiqlangan va mazkur rejada 1-4 bosqich talabalariga joriy o‘quv yilida  35 ta soxaga oid mavzuda seminar treninglar, soxa mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil  etish yo‘lga qo‘yilgan.

Filial talabalarining ilmiy-tadqiqot loyihalarda ishtiroki

           Innovatsion rivojlantirish vazirligining Start-up loyihalar tanlovida ishtirok etish uchun filialdan ariza topshirgan professor-o‘qituvchilardan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Mulaydinov rahbarligidagi “Axborot texnologiyalari soxasi bo‘yicha masofaviy ta’lim tizimi” nomli loyihaga Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasiy ta’lim fakulteti 2-bosqich talabasi S.Asrorov, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasiy ta’lim fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi, dotsent A.Qo‘ldoshev  rahbarligidagi “Baliqlarni hashoratlar bilan oziqlantirish uchun avtomatlashgan fotoelektrik qurilma” nomli loyihaga Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasiy ta’lim fakulteti 2-boqich magistranti A.Boyqo‘ziyev, 1-bosqich talabalari M.Tillaboyev, S.Madaminovalar, Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri, professor A.Abdulllayev rahbarligidagi “Dasturlash fanidan innovatsion interaktiv o‘quv kompleksini yaratish” nomli loyihaga Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasiy ta’lim fakulteti 1-bosqich magistranti I.Muxtorov, Kompyuter injiniring fakulteti 2-bosqich talabasi D.G‘aniyev, Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Iskandarov rahbarligidagi “Kichik aqlli qo‘riqlash tizimi” nomli loyihaga Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti 2-bosqich talabalari R.Nabijonov va N.Musajonovlar jalb etildi.

Filial talabalarining to‘garaklarga jalb etilishi

     Filialda faoliyat olib borayotgan 8 ta kafedra qoshida ja’mi 28 to‘garak (27 tasi fan, 1 tasi sport to‘garagi) tashkil etilgan bo‘lib, to‘garaklarga 352 nafar talabalar jalb etilgan.

– 2018 yil  22-26 oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro “INNOWEEK-2018” ko‘rgazmasida filial jamoasi faol ishtirok etganligi uchun “INNOWEEK-2018”  sertifikati bilan taqdirlandi.

– 2019 yil 8 fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tgan “ROBOT-UZ 2019” respublika tanlovida filial jamoasi a’zolari o‘zlari ixtiro qilgan “Robot Kar” nomli avtonommashina bilan “Mobil Robotlar poygasi” yo‘nalishi bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etdilar va Sertifikat hamda Tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Filial iqtidorli talabalarining Dasturlash bo‘yicha jahon chempionatida ishtiroki

    2018 yil 1-2 dekabr kunlari Dasturlash bo‘yicha jahon chempionatining Qozog‘iston Britaniya Texnika universitetida ishtirok etgan filialimizning 2 ta jamoasi musobaqa natijalariga ko‘ra O‘zbekistondan ishtirok etgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 3-o‘rinni egalladi.

Filial iqtidorli talabalarining fan olimpiadalarida ishtiroki

1 nafar iqtidorli talaba “Informatika” fanidan Respublikamiz hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari Oliy ta’lim muassasalari mintaqaviy olimpiadasida 3-o‘rinni egalladi.