Kafedra mudiri:

Jalilov Mamatiso Latipjanovich

Tel: 90-534-65-81

E-mail: mamatiso2015@yandex.ru

 

 

Kafedra faoliyati

Kafedra 2005 yilda dastlab “Umumkasbiy fanlari” nomi bilan tashkil etildi. Kafedraga 2005yildan  texnika fanlari nomzodi, dotsent M.L.Djalilov mudir etib tayinlandi. 2014 yilningsentabridan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalar sohasida bazaviybilimlarni shakllantirish maqsadida «Kompyuter tizimlari» kafedrasi deb nomlandi. O‘tgandavr mobaynida kafedrada 15 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyatolib bordilar. Kafedra tashkil etilgandan buyon, kafedra a’zolaridan 1 nafari fan nomzodiilmiy darajalarini oldilar. Kafedra tassarufida 2 ta kompyuter sinflari mavjud bo‘lib, ularda 3nafar o‘quv-yordamchi hodimlar talabalarni samarali o‘qitishda yordam bermoqdalar.
Kafedra o‘quv rejalari doirasida o‘nlab o‘quv kurslari, jumladan “Kompyuter grafikasi”, “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari”, “Ma’lumotlar bazasi”, “Ma’lumotlarning intellektualtahlili”, “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari”, “Kompyuter arxitekturasi”, “Internetreklama”, “Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish va tashkil etish”, “Kreativ loyihalash”, “Elektron hukumat”, “Biznes tizimlar tahlili va loyihalash”, “Ma`lumotlar tuzilmasi” fanlario‘quv jarayonlariga tadbiq etildi. Filialga (TATU Farg‘ona filiali) keltirilgan dastlabkiEHMlardan o‘quv jarayonlarida foydalanish ishlarida ham kafedra a’zolari faollikko‘rsatdilar. TATU Farg‘ona filiali tashkil etilgandan so‘ng kafedra faoliyati barchayo‘nalishlar 2-bosqich talabalari uchun “Kompyuter arxitekturasi”, “Ma’lumotlar banki vabazalari”, “Tizimli tahlil asoslari”, “Kompyuter grafikasi”, mos yo‘nalishlar talabalari uchun ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borishga qaratilgan. Bu fanlardan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, kafedra mudiri dots. M.Djalilov, dots I.Tojiboyev, katta o‘qituvchilar B.Azamxonov, X.Sotvoldiyev, A.Dilshodov, A.Rasulov, M.Lazareva, J.Suyumov, Sh. Abdullaevlar, N.Akbarov, assistentlar G.Polatov, S.Qodirov, S.Nematova, M.Xasanova yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida universitet talabalariga yuqori darajada bilim berishga harakat qilmoqdalar.
Hozirda kafedrada 2 nafar dotsent, 8 nafar katta o‘qituvchilar va 4 assistentlar faoliyat olib bormoqdalar. Aksariyat fanlar multimedia tizimlaridan foydalangan holda olib boriladi. Buning uchun barcha aksariyat fanlar bo‘yicha elektron-o‘quv resurslar yaratilgan. O‘tgan davr mobaynida kafedra a’zolarining 2 monografiyasi, 20 dan ortiq ilmiy maqolalar va 50 ga yaqin uslubiy ko‘rsatmalari chop qilingan bo‘lib ularning aksariyat qismi o‘quv jarayonlarida foydalanib kelinmoqda.  «Kompyuter tizimlari» kafedrasida aspirantlar va doktorantlardan tashqari doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. 2015 yildan  M.L.Djalilov kafedra mudiri lavozimida ishlamoqda.

Kafedra ilmiy aloqalari va yo‘nalishlari

Kafedrada 2016 yilda kafedra mudiri M.L.Djalilov raxbarligida BA5035 – “Zaryadlangan zarralar oqimi detektorini tadqiq etish va uning asosida yer silkinishlarini bashorat qilish uchun o’lchov axborot kompleksini yaratish” va OT-F-3-19 “Q” amaliy loyixada ilmiy rahbar sifatida faoliyat olib bormoqda.

                Ushbu loyiha bo’yicha 2017 yilda bajarilgan ishlar:

  • Farg’ona va Samarqand shaharlarida zaryadlangan zarralarni qayd qiluvchi stsintillyatsion majmualar o’rnatildi;
  • Toshekent shahriga o’rnatilgan yo’nalishni aniqlovchi stsintillyatsion detektorlar modernizatsiya qilindi;
  • «Programma, formiruyuo’aya bazu dannqx dlya kratkosrochnogo prognozirovaniya zemletryaseniy» nom bilan № DGU04628 raqamli guvohnoma (09.08.2017) olindi;
  • «Elektronnoe ustroystvo dlya avtomaticheskoy registratsii predvestnikov zemletryaseniy» nomli (№ IAP 20170247) va «Metrologicheskiy sposob kratkosrochnogo prognozirovaniya zemletryaseniy» nomli (№ IAP 20170248) ixtirolarga 29.06.2017 buyurtma berildi.
  • 3 ta Respublika miqyosidagi konferentsiyalardagi dokladlar tezislari chop etildi;
  • Yer silkinishlarini bashorat qilishga mo’ljallangan o’lchov axborot kompleksining nostandart elektron qismlari tayyorlandi.

       Farg’ona va Samarqand shaxarlariga o’rnatilgan stsintillyatsion majmualarning asosiy xarakteristikalari: diametri 1800 mm aylana metal konstruktsiyaga o’lchamlari 500×500 mm bo’lgan 8 ta yo’nalishni aniqlovchi stsintillyatorlar o’rnatilgan; o’lchamlari 850×850 mm bo’lgan ikkita markaziy stsintillyatorlar o’lchamlari 1200x1200x1150 mm bo’lgan ikki qavatli etajerka ko’rinishidagi metall konstruktsiyaga joylashtirilgan.

Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari B.Azamxonov, X.Sotvoldiyev  o‘zlarini ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda va ularni natijalarini Respublika va halqaro miqyosida o‘tkazilayotgan konferentsiyalarda xamda xorijda va Respublikada chop etilayotgan ilmiy jurnal va to‘plamlarda chop etishmoqda.
«Kompyuter tizimlari» kafedrasida Аzamxonov B.S. tomonidan “Разработкаматематических и программных обеспечение на основе сплайн функции цифроваяобработка сигналов” mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot-ishlari olib borilmoqda. Ushbu ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, Xorijda va Respublikada o‘tkazilayotgan  anjumanlarda taqdim etish  kuzda tutilgan,  shu bilan bir qatorda   Xorij va Respublikada  chop etilayotgan ilmiy  jurnallarda  chop etish rejalashtirilgan.  

Kafedrada soha korxonalari va tashkilotlari o’rtasida xo’jalik shartnomalari tashkil etilgan. Shulardan Davlat boshqaruv tashkilotlari xodimlarini AKT va internet sohasi bo’yicha o’qitish bo’yicha Vazirlar maxkamasining 73 sonli qarori asosida 2017 yilda 8 068 100 so’mlik xo’jalik shartnomasi tuzilgan. Shartnoma bo’yicha kafedra professor o’qituvchilari B.Azamxonov, X.Sotvoldievlar faoliyat olib borishmoqda.

Kafedra mudiri M.Djalilov raxbarligida 618-14KI guruxi talabasi X.Jabborov Beruniy nomidagi nomdor Davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldi. Jumladan talaba X.Jabborov tomonidan 20 dan ortiq ilmiy tezis va maqolalari chop etilgan, dasturiy maxsulot uchun 3 ta avtorlik guvoxnomasi  olingan. Kafedradagi mavjud amaliy loyixa ishtrokchisi xam xisoblanadi. 

Kafedarada M.Djalilov, A.Dilshodov raxbarligida “Solid Works da uch o’lchamli modellashtirish”, A.Rasulov raxbarligida “LINUX OT”, Sh.Abdullaev, N.Akbarov raxbarligida “Kriptografiya va kriptotaxlil”,  G.Pulatov raxbarligida “IT-Servis” yo’nalishlari bo’yicha iqtidorli talabalarga to’garaklar tashkil qilingan. Mashg’ulotlar  kafedraning 221 va 101-multimedia xonasida olib boriladi.

Kafedra moddiy texnik va dasturiy ta’minoti

Talabalar  Kompyuter tizimlari kafedrasi fanlari bo‘yicha laboratoriya ishlari kompyuterlar yordamida bajariladi. Kafedrada so‘ngi rusumdagi 30 ta kompyuterdan tashkil topgan 2 ta kompyuter sinfi mavjud bo‘lib, bu o`quv sinflarida yo‘nalishning birinchi, ikkinchi  kurs talabalari laboratoriya mashg`ulotlarini bajaradilar, uchinchi kurs talabalari mashg`ulotlari  o`quv kompyuter sinflarida olib boriladi, to`rtinchi kurs talabalari laboratoriya mashg`ulotlarini kurs ishlarini kurs loyixalarini filial multimediya xonasida tashkil etilgan (zamonaviy PENTIUM rusumli kompyuterlar bilan jixozlangan) kompyuter sinfida bajaradilar. Yana kafedrada o‘qituvchilarga kabinet mudiri B.Uzaqov va operator va laborantlar D.Abdullayeva va N.Ismoilovalar  darslarni texnik vositalar yordamida tashkil qilishga katta yordam berishmoqda.

Kafedra tomonidan ta’lim beriladigan yo’nalishlar:

5330300 – Axborot xavfsizligi (АКТ vа servis)

5330500 – Kompyuter injiniringi (КI, АТ-servis)

5330600 – Dasturiy injiniring

5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (Т, ТР, МТ)

5350400 – АКТ sohasida kasb ta`limi

 

Kafedrada o’qitiladigan fanlar ro’yxati

  • Kompyuter grafikasi
  • Ma’lumotlar tuzilmasi
  • Ma’lumotlar bazasi
  • Biznes tizimlari tahlili va loyihalash
  • Ma’lumotlar bazasini bashqarish tizimi
  • Kompyuter tarmoqlari
  • Ma`lumotlarning intellektual tahlili
  • Kreativ loyihalash
  • Tizimli tahlil va talablar
  • Internet reklama
  • Kompyuter arxitekturasi
  • Elektron xukumat
  • Kompyuter tizimlarini loyihalash va tashkil etish

Kafedra professor-o’qituvchilari ro’yxati

  • Djalilov Mamatisa Latipdjanovich (Dotsent)
  • Sotvoldiev Xusniddin   Ibragimovich (Katta o’qitivchi)
  • Dilshodov Abrorjon Dilshodjonovich (Katta o’qitivchi)
  • Lazareva Marina Viktorovna (Katta o’qitivchi)
  • Suyumov Jo’rabek Yunusalievich (Katta o’qitivchi)
  • Rasulov Anvar Xabibullayevich (Katta o’qitivchi)
  • Pulatov G’iyosbek Gofurjonovich (Assistent)
  • Ne’matova Suparna Anvarjonovna (Assistent)
  • Kaxarov Shukrullo Sa’dullo o‘g‘li (Assistent)