Filial professor- o‘qituvchilari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish 2018-2019 o‘quv yilida filialda xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni takomillashtirish maqsadida filialning 3 nafar professor-o‘qituvchilari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining  OTM lariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun tadqiqotchi sifatida qabul qilindilar.

Filial talabalarining ilmiy-tadqiqot loyihalarda ishtiroki

           Innovatsion rivojlantirish vazirligining Start-up loyihalar tanlovida ishtirok etish uchun filialdan ariza topshirgan professor-o‘qituvchilardan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Mulaydinov rahbarligidagi “Axborot texnologiyalari soxasi bo‘yicha masofaviy ta’lim tizimi” nomli loyihaga Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasiy ta’lim fakulteti 2-bosqich talabasi S.Asrorov, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasiy ta’lim fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi, dotsent A.Qo‘ldoshev  rahbarligidagi “Baliqlarni hashoratlar bilan oziqlantirish uchun avtomatlashgan fotoelektrik qurilma” nomli loyihaga Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasiy ta’lim fakulteti 2-boqich magistranti A.Boyqo‘ziyev, 1-bosqich talabalari M.Tillaboyev, S.Madaminovalar, Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri, professor A.Abdulllayev rahbarligidagi “Dasturlash fanidan innovatsion interaktiv o‘quv kompleksini yaratish” nomli loyihaga Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasiy ta’lim fakulteti 1-bosqich magistranti I.Muxtorov, Kompyuter injiniring fakulteti 2-bosqich talabasi D.G‘aniyev, Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Iskandarov rahbarligidagi “Kichik aqlli qo‘riqlash tizimi” nomli loyihaga Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti 2-bosqich talabalari R.Nabijonov va N.Musajonovlar jalb etildi.

Filial professor- o‘qituvchilari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish Filialda xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni takomillashtirish maqsadida filialning 3 nafar professor – o‘qituvchilari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining “Moskva aloqa va informatika” texnika universiteti doktoranturasiga 1 ta kunduzgi (Mamasodiqov Nuriddin – Axbort texnologiyalari kafedrasidan), 2 ta sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha (Ne’matova Suparna – Kompyuter tizimlari kafedrasidan, Xakimova Dilnoza – Axborot ta’lim texnologiyalari kafedrasidan) ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun tadqiqotchi sifatida qabul qilindilar.

Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari

– fundamental;

-amaliy;

–  innovatsion ilmiy-tadqiqot  loyihalarining va xo‘jalik shartnomalari asosida amalga oshirish;

-ta’limda axborot kommunikatsion texnologiyalarini   qo‘llash bilan o‘qitishni samaradorligini orttirish omillari.

– Ta’lim tarbiya jarayonida pedagogik va psixologik qarashlarni taxlili.

– Ishlab  chiqarishda texnologik jarayonlarni boshqarishning kompyuterli tizimlari. Jumladan, Tabiiy fanlar kafedrasi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi “Yarim o‘tkazgichlarning elektrofizik, fotoelektrik va radiatsion xususiyatlarini tekshirish va singulyar koeffitsiyentli Shryodinger operatori bilan bog‘liq spektral yoyilmalarni tadqiq etish” mavzulari bo‘yicha davom ettirilmoqda. Bunda yarim o‘tkazgich materiallarning elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligi, mexanik xossalari, turli ko‘rinishdagi deformatsiyalarga bardoshligi va tenzometrik xossalarini o‘rganish, termoelementlar yaratish va ular asosida energiya o‘zgartirgich qurilmalar yaratishdan iborat.