Texnologiyalarda yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashdagi muhim islohotlarga qo‘shiling
Bir million o‘zbek dasturchilari tashabbusi O‘zbekiston yoshlarini kelajak tili bilan ta`minlaydi
Davlat test markazi 2019/2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirishda test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun repetitsion test materiallarini nashr etish boshlanganligini ma’lum qiladi.
Barcha xohlovchilar o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fanlardan test topshiriqlarini bajarish orqali bilim darajalarini sinab borishlari mumkin.
Batafsil: http://www.dtm.uz

Abituriyentlar, ta’lim muassasalari yoki tashkilotlar test materiallarini o‘zlariga kerakli sonda buyurtma qilishlari uchun, avvalo diagnostika.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Shuningdek, shaxsiy kabinet orqali hamma zarur ma’lumotlar to‘ldirilgandan so‘ng buyurtma qilinadigan fanlar va kitoblar soni ko‘rsatiladi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar uchun shartnomalarning elektron shakli (to‘lovlar bo`limida) pdf faylda avtomatik ravishda saytda taqdim etiladi va shartnomada so‘ralgan ma’lumotlar barchasi ushbu oynada to‘liq to‘ldirilgandan keyin shartnoma d.mansurova@dtm.uz elektron pochtasi orqali yuborilishi shart va mazkur shartnomaning qog‘oz varianti asosida buyurtmachi xohlagan bankda to‘lovni amalga oshirishi lozim.
BMI 2019 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga asosan “Kompyuter injiniringi” fakultetining 5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishini 2018-2019 o‘quv yilida bitirayotgan talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzulari, rahbarlari, maslahatchilari va taqrizchilari ro‘yhatini quyidagi tartibda tasdiqlandi:
Faylni yuklab olish: BMI-2019