Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt

Fakultet dekani:

Norinov Muhammad Yunus Usubjonovich

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00

Telefon: +998 73 226-82-37

E-mail: mnorinov@umail.uz


Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari:

Azimjonov Ulug’bek Abdumalik o’g’li

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)

Telefon: +998 73 226-82-37

E-mail: ulugbekazimjonov94@gmail.com


O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari:

Homidjonov Ma’murjon Ma’rufjon o‘g‘li

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)

Telefon: +99893 736 35 55

E-mail: mamurjon_98@icloud.com


O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari:

Abdullaaxatov Elbek Abrorjon o‘g‘li

Qabul vaqti: Dushanba va payshanba kunlari 15:00-17:00

Telefon: +99891 107 71 27           

E-mail: elbekabdullaxatov@gmail.com


FAKULTET HAQIDA

Fakultet 2005-yilda tashkil qilingan. Axborot texnologiyalari hamda O`zbekistonning kompyuter injiniringi bo`yicha kadrlarni tayyorlashda yetakchi hisoblanadi. Hozirgi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 may 2002 yildagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish” haqidagi Farmoni va 2005 yil 2 iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish” haqidagi Qarori asosida tashkil etilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining 2005 yil 23 iyuldagi buyrug’i) va shu  asosida filialda Axborot texnologiyalari fakulteti tashkil etilgan.

Fakultet dekanlari lavozimida: 2005-2009 yillarda – t.f.n. Otaqulov Oybek Xamdamovich, 2009-2012 yillarda f-m.f.d. Rasulov Akbarali Mamatovich, 2012 yil 19 maydan 27 avgustga qadar katta o’qituvchi Rustamov Ilxomiddin Abduqodirovich, 2012-2016 yillarda f-m.f.n. To’rayev Nuriddinxon Maxsudovich, 2016-2018 yillarda f-m.f.n. Tojiboyev Ibroximjon Tojaliyevich faoliyat olib borgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 iyundagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning xududiy filiallari tashkiliy tuzulmasini takomillashtirish to’g’risida”gi 118-sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasining 2013 yil 4 iyuldagi 280-sonli buyrug’i, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim  vazirligining  2013  yil 4 iyuldagi 232-sonli va TATU ning 2013 yil 29 avgustdagi 905-sonli buyruqlariga asosan TATU Farg’ona filiali Axborot texnologiyalari fakulteti “KOMPYUTER INJINIRINGI” fakulteti deb nomlandi.

Hozirgi kunda fakultetda 3 ta kafedra mavjud:

Mazkur kafedralarda hozirgi paytida, 1 ta fan doktori, 9 fan nomzodi, dotsentlar, 14 ta katta o’qituvchilar, 27 ta assistent-o’qituvchilar hamda 8 tа xodimlar mehnat qilmoqdalar. 2022-2023 o’quv yilining 1 fevral holatiga jami 991 talaba tahsil olmoqda.

Fakultetda tayyorlanayotgan yonalishlar:

5330501 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”);

5330502 – Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”);

Mazkur bakalavriat talim yonalishi boyicha kadrlar:

Davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Kompyuter injiniringi bo’yicha kompleks masalalarni yechish, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o’z ichiga oladi.  

Kasbiy faoliyati ob’ektlari:

  • Kompyuter injiniringiga oid jarayonlar, axborot-kommunikatsiya tizimlarining apparat-dasturiy ta’minoti;
  • axborot-kommunikatsiya tizimlarini va texnologiyalari texnik va dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilish jarayonlari;
  • avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari;
  • axborotni ishlash, saqlash va ular himoyasining ta’minoti;
  • axborotni dasturiy va dasturiy-apparat himoya vositalari;
  • ilmiy – tadqiqot jarayoni.

Kasbiy faoliyatining turlari:

  • loyihaviy-konstruktorlik;
  • foydalanish va servis xizmati ko’rsatish;
  • tashkiliy-boshqaruv;
  • ilmiy tadqiqot;
  • konsalting xizmati va shu kabi faoliyatilarni o’z ichiga oladi.

Kasbiy moslashish imkoniyatlari:

Pedagogik qayta tayyorgarlikdan o’tgandan so’ng umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni o’qitish imkoniyatiga ega bo’ladi

Fakultetda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar:

5A330501 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”) magistratura mutaxassisligi.

Magistrlar kasbiy faoliyatining ob’yektlari:

  • ma’lumotlar bazasi va banki;
  • operatsion tizimlar va ofis ilovalari;
  • tarmoqq va internet xizmatlari;
  • Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti;
  • injiniring ilmiy-tadqiqot masalalari;
  • Kompyuter tarmoqlari va ularning dasturiy ta’minoti;
  • ma’lumotlar markazi;
  • multimediya vositatari va ularning dasturiy ta’minoti;
  • axborot xavfsizligini ta’minlovchi apparat va dasturiy vositatar;
  • interaktiv xizmatlarni tashkil etuvchi apparat va dasturiy vositalar.
  • ilmiy tadqiqot jarayoni;
  • o’quv jarayoni.

Magistrlar kasbiy faoliyatining turlari:

  • lmiy-tadqiqot faoliyati;
  • loyihaviy-konstruktorlik faoliyati;
  • ishlab chiqarish – texnologik faoliyati;
  • tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
  • oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida pedagogik faoliyat (o’rnatilgai tartibda);
  • konsalting xizmati faoliyatini o’z ichiga oladi.

Fakultetdagi iqtidorli talabalar

Turg‘unov Boxodirjon Xamdamjon o‘g‘li

2018/2019 o’quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi;

2019/2020 o’quv yilida Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sohibi.

Ismoilov Ibroximjon Ilxomjon o‘g‘li

2019/2020 o’quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi

Muxammadjonov Xojiakbar Zafarjon o‘g‘li

2019/2020 o’quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivoj sohibi vazirligi stipendiyasi sohibi.

Malikova Kamila Maxamat Marselovna

2018/2019 o’quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivoj sohibi vazirligi stipendiyasi sohibi.

Xaydarova Gulbaxor Abduazizovna

2018/2019 o’quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivoj sohibi vazirligi stipendiyasi sohibi.

Mirxomitov Mirjalol Mirolim o‘g‘li

2018/2019 o’quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi;

Xomidova Nasiba Yunusjon qizi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibi

2018/2019 o’quv yilida Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sohibi

Abdurasulova Dilnoza Botirali qizi

2017/2018 o’quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi

2018/2019 o’quv yilida Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sohibi

Mo’minov Kamolxon Ziyodjon o’g’li

2017/2018 o’quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivoj sohibi vazirligi stipendiyasi sohibi.

Jabborov Xayitmurod Ishmo’min o’g’li

2016/2017 o’quv yilida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasi sohibi.

2017/2018 o’quv yilida Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi.

Qodirov Umidjon Malikjon o’g’li

2017/2018 o’quv yilida “Kasaba uyushmalari stipendiyasi” sovrindori

Kaxarov Shukrullo Sa’dullo o’g’li

2015/2016 o’quv yilida Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi.

Mamatqulov Baxromjon Baxodir o’g’li

2015/2016 o’quv yilida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasi sohibi.

Karimov Avazbek Umarali o’g’li

2014/2015 o’quv yilida Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi.

Lavozim yo’riqnomalari:

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning malaka talablari: