Raqamli iqtisodiyot – taraqqiyotning muhim omili

Globallashuv jarayonlari, ya’ni hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi, yuqori darajadagi axborot almashinuvi, jahon tsvilizatsiyasi taraqqiyoti, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va bunyodkorlik ishlari, jamiyatimiz a’zolaridan o‘z ustida tinimsiz ishlashni, zamonaviy, kreativ, tashabbuskor va tadbirkor bo‘lishni, izchil o‘qib-izlanishni va faoliyatlari davomida raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishiga oid axborotlar bilan tanishishni,  bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishni, tajribalarini orttirishni taqozo etmoqda.  Bu esa o‘z navbatida soxa mutaxassislari ishtirokida raqamli iqtisodiyot yo‘nalishida ilmiy anjuman va seminarlar tashkil etishni kun tartibiga qo‘ymoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida 2019 yil 19-20 aprel kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tekshirish instituti bilan hamkorlikda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi ijrosi yuzasidan “Raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda Respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan mutaxassis olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, iqtisod fanlari doktori T.Iminov, professor A.Qodirov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professorlari N.Maxmudov, T.Shodiyevlar, filial direktori fizika-matematika fanlari doktori, professor A.Rasulov,  professorlar A.Abdullayev, M.Bo‘taboyevlar, dotsent R.Zulunov hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar qatnashdilar.

Seminar raqamli iqtisodiyotning  bir qator dolzarb muammolariga bag‘ishlangan bahs va munozalar tarzida olib borildi. Shunisi e’tiborliki, raqamli iqtisodiyot ko‘p qirrali faoliyat bo‘lib seminarda :

  • elektron hukumat;
  • elektron biznes;
  • elektron kommersiya;
  • raqamli iqtisodiy munosabatlar;
  • raqamli banklar;
  • raqamli arxivlar;
  • virtual korxonalar;
  • kriptovolyutalar – elektron pullar;
  • ijtimoiy tarmoqda marketing xizmatlaridan foydalanish;
  • blokchayn texnologiyasini joriy etish;
  • korxonalarning raqamli “cho‘ntak”lari;
  • raqamli dividentlar;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari gigantlari – Apple, Misrosoft, Google, Alibaba, KIOMI kabi raqamli iqtisodiyot liderlari to‘g‘risida qiziqarli munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda raqamli iqtisodiyot xalqniki, xalq uchun va bu davlatlar uchun mafaatli faoliyat ekanligi qayta-qayta ta’kidlandi.

Mazkur seminar soxa olimlarning ilmiy xulosa va takliflariga boy ekanligi bilan muhim ahamiyat kasb etgan holda, kelgusida  raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha shunday anjumanlarni yanada ko‘proq tashkil etish zarurligini ko‘rsatib berdi.

M.Bo‘taboyev,

 iqtisod fanlari doktori,

 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi

Toshkent axborot texnologiyalari

universiteti Farg‘ona filiali

 Gumanitar va ijtimoiy fanlar

kafedrasi professori   

Leave a Reply