RAQAMLI IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISH SHAROITIDA INNOVASION RIVOJLANISH STRATYEGIYASI

2019 yilning 19-20 aprel kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi, “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali hamkorligidagi “Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida innovatsion rivojlanish strategiyasi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi. Ushbu ilmiy-amaliy seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori, fizika-matematika fanlari doktori, professor – A.M.Rasulov, “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi bosh direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor –T.K.Iminov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi sektor mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor – A.M.Qodirov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori – N.M.Maxmudov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali professori, iqtisodiyot fanlari doktori – M.T.Butaboyev hamda Farg‘ona, Andijon viloyatlaridagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari respublikamizning turli mintaqalarida innovatsion rivojlantirish, mintaqalarning raqobat ustunliklari, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, xizmatlar sohasiga va sanoatga innovatsiyalarni intensiv joriy etish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida fikr almashildi. Shuningdek, ilmiy seminarda TATU Farg‘ona filialining iqtidorli talabalardan K.Malikova, A.Alimjanovalar  ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.