Filialda bloggerlik faoliyati bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchi filial talabalari va boshqa ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari uchun filialning rasmiy telegram kanali faoliyat yuritib kelmoqda. Rasmiy telegram kanalining manzili https://t.me/tuitfb_news deb nomlangan. Filial rasmiy telegram kanali (https://t.me/tuitfb_news) da talaba va kanal kuzatuvchilari uchun oliy ta’limga oid yangiliklar, abituriyentlar uchun qo‘llanmalar va O‘zbekiston hududida hamda chet elda joylashgan oliy ta’lim muassasalari haqida ma’lumot, ta’limga bo‘lgan qiziqishni ortiruvchi motivatsion videoroliklar, yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan iqtisodiy hamda ilmiy yangiliklar, sport yangiliklari berib borilmoqda hamda filial talabalari tomonidan yaratilgan  innovatsion dasturlar ham joylanib kelinmoqda. Yuqoridagilardan tashqari ushbu telegram kanalida turli xil qiziqarli anonim so‘rovnomalar, kanalimiz ishtirokchilari uchun sovrinli musobaqalar uyushtiriladi, musobaqalar asosan  AKT soxasiga oid bo‘lib, ushbu anonim musobaqada barcha telegram foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin. Filial rasmiy telegram kanali (https://t.me/tuitfb_news) kuzatuvchilari hozirgi kunda asosan filial talabalari hamda turli viloyatlardagi abituriyentlar hisoblanadi. Telegram kanali imkoniyatlari – ushbu telegram kanali filial rasmiy veb sayti (http://tatuff.uz/) bilan bog‘langan hamda kanal adminstratori tomonidan yaratilgan telegram maxsus boti yoki  adminstratorga murojaat tugmachasi orqali kanal ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarini yo‘llashlari mumkin. Hozirda ushbu filial rasmiy kanalida (https://t.me/tuitfb_news) 1740 nafardan ziyod ishtirokchilar mavjud bo‘lib ushbu kanal filial iqtidorli  talabasi J.To‘ychiyev tomonidan yuritilib kelinmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 yanvardagi 87-04-81-sonli xatiga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘onga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi viloyat OITSga qarshi kurash markazining 2019 yil 5 martdagi 01-08/195-sonli xatiga asosan 2019 yil 6 mart kuni filial talaba-yoshlari o‘rtasida “OITS inson umrining kushandasi” mavzusida targ‘ibot davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi viloyat OITSga qarshi kurash markazining xodimlari talabalarga OITS va uning inson tanasiga salbiy tasirlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Davra suhbatlari guruhlar kesimida olib borildi.

2019 yil 13 mart kuni Farg‘ona viloyati Quvasoy shaxrining Quvasoy iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kolejida O‘zbekiston Respublikasi ishchi guruhi ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish xulosasidan berilgan topshiriqlarga asosan, Quvasoy shaxridan 4 ta kasb-hunar kollejlarida uyushmagan yoshlar uchun bepul to‘garaklarni tashkil etish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, Quvasoy shahar hokimining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari A.Mamajonov, Yoshlar ittifoqi tumani raisi B.Fozilov va 4 ta kasb-hunar kollejlari mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda to‘garaklar ro‘yxati, to‘garaklarga mas’ul rahbarlarning F.I.Sh., telefon raqamlari, o‘tkazish kuni, vaqti hamda har bir to‘garak yuzasidan TATU Farg‘ona filiali tomonidan uslubiy yordam ko‘rsatuvchi mas’ullarning F.I.Sh. va telefon raqamlari shakllantirildi. Shuningdek tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi yoshlarga biznes rejalar tuzish bo‘yicha taqdimot va ko‘rsatmalar shakllantirildi. Quva tumanining 4 ta kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan kasb-hunarga o‘rgatuvchi jami 21 ta o‘quv kurslari va to‘garaklarning samaradorligini oshirish maqsadida TATU Farg‘ona filialining “Tillar”, “Gumanitar va ijtimoiy fanlar”, “Axborot texnologiyalari” va “Tabiiy fanlar” kafedralaridan jami 10 nafar uslubchi o‘qituvchilar biriktirildi.

2019 yilning 14 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 917-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov “Dunyoviylik – daxriylik emas” nomli mavzuda Quvasoy shaxar Iqtisodiyot KHK talabalari va kollej atrofidagi uyushmagan yoshlarga targ‘ibot ma’ruzalarini amalga oshirdi. Tadbirlarda jami 150 nafar yoshlar ishtirok etdi.

2019 yil 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan “Yoshlar xaftaligi” o‘quv seminarida Kompyuter injiniringi yo‘nalishi 2-bosqich 618-17 guruh talabasi Sh.Rahimjonov faol ishtirok etdi.

Shu kuni soat 15.00 da FarDU katta majlislar zalida FarPI, TATU FF, TTA FF, FarDU prorektori, ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari, YoI yetakchisi, psixolog, tarbiyachi-pedagoglar, murabbiylar kengashi, matbuot kotibi, xotin-qizlar kengashi raisi, litsey direktor o’rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o’tdi. Yig‘ilish “Yozyovon” tumani uyushmagan yoshlarini kasbga yo‘naltirish mavzusida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” boshlig’i Otabek Bozorov olib bordi.