Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg’ona filiali Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi: 

Teshaboyev Muhiddinjon Marifovich

Tel: (+998) 90 232 00 82

E-mail:       muhiddinjon_82@mail.ru

Bo`limining vazifalari.

Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi oliy ta`lim muassasasi talabalari bilimlarining davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini o`rganib borishi, tahlil qilishi, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritishi, natijalar hamda ta`lim sifatiga ta`sir etgan omillar to`g`risidagi ma`lumotlarni oliy ta`lim muassasasi rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etib borishi bo`yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Davlat inspeksiyasi bilan birgalikda o`tkaziladigan barcha tadbirlarni mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilishini ta`minlash;

oliy ta`lim muassasasini attestasiya jarayonlariga tayyorgarlik ko`rishini ta`minlash kabi vazifalarni bajaradi.

Bo`limda bo`lim boshlig`i va bir nafar bosh mutaxassis faoliyat olib boradi