Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta`lim fakulteti

Fakultet dekani

Djalilov Bahromjon Odiljonovich (Fizika-matematika fanlari nomzodi)

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (dushanba va shanbadan tashqari)

Tel: +998993676414

E-mail: bahrom3909@mail.ru

 

 

O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini

Mamaroziqov Foziljon Davronboyevich

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (dushanba va shanbadan tashqari)

Tel: +99893 735-00-60

 

 

Ma’naviy va ahloqiy tarbiyaviy ishlari bo’yicha dekan muovini

Mo’minov Jasurbek Mamirjonovich

Tel:+99890 633 26 26

 

 

 

 

Fakultet faoliyati

Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti 2009 yilning sentyabr oyida tashkil etilgan.
Xozirgi kunda fakultet Xalq xo’jaligining barcha sohalariga 5610600 –“Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi” (sohalar bo’yicha), 5311300 – “Telekommuniktsiya”, 5111000 – Kasb ta’limi (Informatika va axborot texnologiyalari) 5350400–“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi”, 5350100–“Telekommuniktsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)”, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi.

Fakultetda “Telekommunikatsiya injiniringi”, “Axborot ta’lim texnologiyalari”, “Tillar” kafedralari mavjud bo’lib,  38 nafar professor – o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 1 nafari professor, 7 nafari dotsent hamda 30 nafar o’qituvchilar talabalarga  sitqidildan bilim berib kelmoqdalar.
Fakultet tomonidan ta’lim bilan ishlab chiqarish o’rtasida integratsiyani ta’minlash maqsadida bir qator soha korxonalari bilan xamkorlik shartnomalari tuzilgan va doimiy aloqalar o’rnatib kelinmoqda. Jumladan, “O’zbektelekom” AKning Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlaridagi filiallari, “UzMobile”,“UMC”, “Beeline”, “Ucell”, “Perfectium Mobile” kabi mobil operatorlar, OAJ “Farg’ona Azot”, “Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi” kabi yirik soha korxonalari hamda viloyatning sohaga oid kasb-hunar kollejlari bilan doimiy hamkorlik olib boradi. Ushbu soha korxonalarning samarali faoliyatini ta’minlash uchun turli dasturiy vositalar, qurilmalar hamda ihtirolar yaratilib kelinmoqda.
Respublika va Viloyat miqyosida o’tkazilayotgan innovatsion yarmarka va ko’rgazmalarda fakultet professor-o’qituvchilari o’zlarining ixtiro, loyixa va qurilmalari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.



2014-2015 o’quv yilida fakultetni 111 nafar talabalar tamomlab, hozirgi kunda jamiyatining eng nufuzli soha korxonalari, davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, ta’lim muassasalarining barcha bosqichlarida, davlat boshqaruv organlarida, telekommunikatsiya texnlogilari sohalarida, tarmoq va ilmiy tadqiqot institutlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, ishlb chiqarish korxonalarida mehnat faoliyatlarini olib bormoqdalar.

Fakultetda o’quv jarayoni bilan bir qatorda iqtidorli talabalar bilan ishlash yo’lga qo’yilgan.
Fakultet kafedralari kesimida 20 dan  ortiq fan to’garaklari faoliyat olib boradi. Ushbu to’garaklarda talabalar o’zlarining kichik-kichik ixtirolari va yangi-yangi dasturiy mahsulotlari xamda mobil ilovalar yaratish ustida izlanmoqdalar.
“Telekommuniktsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakultetida so’ngi yillarda 3 nafar iqtidorli talabalar “Abu Rayxon Beruniy” nomidagi Davlat stipendiyasiga sozovor bo’lgan.

Fakultetda o’quv jarayonidan tashqari talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli to’garaklar, sport tadbirlari faoliyat olib bormoqda. Fakultet qoshida “Talaba sport klubi” tashkil etilgan bo’lib, 50dan ortiq talabalarni qamrab olgan. Talabalar sportning voleybol, futbol, basketboll, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi sportning bir necha turlaridan to’garaklar tashkil etilib, har musobaqada fahrli o’rinni egallab kelinmoqda.
Ushbu tadbirlarda professor-o’qituvchilar, talabalar ishtirok etib fahrli o’rinni qo’lga egallab kelinmoqda hamda filial ma’muriyati, fakultet va homiy tashkilotlar tomonidan munosib rahbatlantirilmoqda.