1-iyun xalqaro bolalar kuni munosabat bilan “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida tadbir bo’lib o’tdi

Tadbirda filialimiz jonkuyar xodimlari farzandlari filial kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Bolajonlarning vaqtini maroqli va mazmunli o’tkazish maqsadida turli xil musobaqalar tashkillandi.

Tadbirda barcha bolajonlarning kayfiyatlari a’lo darajaga yetdi.

Tabdirning barcha tavsilotlarini Youtube (https://www.youtube.com/results?search_query=tatu+farg%27ona+filiali) kanalimizda tomosha qiling.