14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” da Farg‘onada “Motamsaro ona” haykali poyi gullar bilan to‘ldi

Bayram munosabati bilan 14 yanvar kuni Farg’ona viloyati hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari Jamshid Karimov, viloyat Xavfsizlik va Mudofaa tizimlari rahbarlari, shuningdek, davlat, jamoatchilik va yoshlar tashkilotlarining vakillari ishtirokida “Vatanparvarlar bog‘i”dagi “Motamsaro ona” haykali poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Gul qo‘yish marosimdan so‘ng, harbiy qismlar vakillarining va texnikalarining harbiy mashqlari hamda davlatimiz bayrog‘i bilan bezalgan avtomobil va mototsikllardan iborat ko‘rgazmali yurishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bayramda bizning filial jamoasi ham aktiv qatnashishdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati