14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalari unversteti Farg’ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangradi. Tadbirda so‘z olganlar yurtimiz mudofaa salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, vatanparvarlik xususida to‘xtaldilar.

Bayram tadbiri, vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, raqslar, QVZ jamoasi chiqishlar bilan davom etdi.