“15-oktyabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni”

TATU Farg’ona filialida Xotin-qizlar kengashi raisi va dekan maslahatchilari tomonidan 15-oktyabr – “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan “Ilg’or tajriba – sohibalari” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Farg’onamiz faxri bo’lgan O’zbekiston xalq qahramoni Lola Murodova yod etilib, uning izdoshlari, maslakdoshlari filialimiz mehmoni bo’ldi.

O’z tajribalarini bajonidil talaba qizlarga ulashgan: Toshloq tumani Zarkent qishlog’i fermer ayoli Alimova Jambulxon, “Maftuna luks oilaviy liboslar korxonasi” rahbari Akbarova O’lmasxon, Farg’ona viloyati “Lotos” oilaviy maishiy-xizmat korxonasi rahbari Akbarova Barnoxonlar tadbir qatnashchilarining alohida e’tirofiga tushdi.