Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Farg‘ona shahar hududida joriy yilning 14-iyul haftaning chorshanba kuni o‘tkazilgan “Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar profilaktikasi kuni” tadbiriga, Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari jalb qilinib, tadbir davomida quyidagi profilaktik ishlar amalga oshirildi. Jumladan, shahar xududida joylashgan 5 ta davlat tasarrufidagi maskanlar tekshiruvdan o‘tkazildi. Davlat yong‘in nazorati mansabdor shaxslari maxalla faollari bilan birgalikda uyma-uy yurib 115 ta xonadonlarda hamda yong‘in qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi xodimlari tomonidan 455 ta xonadonlarning yong‘in xavfsizligi holati tekshiruvdan o‘tkazilib, 847 ta fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida aholi yashash xonadonlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 3 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida muhokamalar o‘tkazildi. Shuningdek, 2 ta qurilish ishlari olib borilayotgan ob’yektlarda, 4 ta davlat tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda, 1 ta maktabgacha ta’lim muassasasi va 5 ta xo‘jalik yurituvchi subektlarga qarashli korxona va tashkilotlarda uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida ularni qiziqtirgan savollarga ijobiy javoblar berildi.
Farg‘ona shahar FVB NTB boshlig‘i katta leytenant B.Komilov