Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali bilan o‘zaro hamkorlikdagi amaliy ishlarni bajarish maqsadida filialga Osh texnologiyalar universiteti professori Satibayev Abdug‘ani Djunusovich va dotsent Muidinov Tair Tolonovichlar tashrif buyurishdi.
Qirg‘iziston chegaraoldi viloyatlari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, malaka oshirish, tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Qirg‘iziston chegaraoldi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarda hamkorlik o‘rnatildi;
hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan malaka oshirish, tajriba almashish, ilmiy rahbarlik qilish, ilmiy maqolalar chop etish, dissertatsiya himoyalarida ishtirok etish maqsadida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yildi;
zarur bo‘lgan hollarda ikki tomonlama bitim va kelishuvlar imzolash vazifalari belgilandi.



