TATU Farg’ona filiali direktori – bitiruvchilar davrasida

Bugun mamlakatimiz yoshlari hayotidagi eng hayajonli va unutilmas kunlardan biri.

Chunki 25-may sanasida maktablarda so‘ngi qo‘ng‘iroq chalinmoqda va bitiruvchi o‘g‘il-qizlar maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqdalar.

Ushbu jarayonlarda TATU Fargʻona filiali direktori, dotsent  – Farrux Muxtarov ham yoshlarga motivatsiya ulashish, bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-ma’rifatga, oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Fargʻona shahardagi 9-sonli maktabda bo‘ldi.