TATU Farg’ona filialida 2024/2025-o’quv yili qabulini sifatli amalga oshirish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi

ATU Frg’ona filialida 2024/2025- o’quv yilidagi qabulni sifatli amalga oshirish bo’yicha filial direktori Farrux Muxtarov raisligida qabul komissiyasi tarkibi shakllantirilgan va ushbu komissiyaning ishlash prinsiplari belgilangan.

Ushbu yigʻilishda qabul jarayonlarini sifatli, shaffof, namunali hamda uyushqoqlik bilan o’tkazish bo’yicha muhim vazifalar belgilandi. Call-markaz hamda qabul komissiyasi tarkibidagi mas’ullarimiz zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar xususida so’z bordi.