Talabalar almashinuvi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabalarining Bangladeshda Amerika Xalqaro universitetiga tashrifi davom etmoqda

AIUB rektori, prorektori, Fan va texnologiya, Muhandislik fakultetlari dekanlari, dekan muovini va boshqa rahbarlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida universitetlar orasidagi xalqaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, birgalikda xalqaro konferensiyalar tashkil etish, talabalar almashinuvi dasturlarini ko‘proq tashkil etish bo‘yicha bir qancha takliflar ko‘rib chiqildi.