TATU Farg‘ona filialida “Yosh olimlar zamonaviy ixtirolari va innovatsion tadqiqotlari natijalarining amaliyotga joriy etilishi” mavzusida loyihalar taqdimotlari namoyish etildi.
Innovatsion rivojlantirish agentligidan tashrif buyurgan Start-up ekotizimini rivojlantirish bo’limi mutaxassisi J.O’rinboyev, Tijoratlashtirish boshqarmasi mutaxassisi E.Radjapov hamda Hududlar bilan ishlash mutaxassisi O’.Qodirovlar yosh olim hamda ixtirochilarning loyihalari bilan tanishdilar.
Loyihachilar o‘zlarining taqdimotlarini ilmiy-innovatsion, iqtisodiy tejamkorlik samaralarini, mahalliylashtirish tomonlarini ochib berib, tadbir ishtirokchilar hukmiga havola etdilar.