Talabalar turar joyida Axborot xavfsizligi kafedrasining navbatdagi kafedra kuni bo’lib o’tdi

TATU Farg’ona filiali 2- sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalari bilan filialning Axborot xavfsizligi kafedrasini navbatdagi kafedra kuni bo’lib o’tdi.

Tadbirda talabalar bilan “Kibermaydonda yuz berayotgan zamonaviy kibertahdidlar va ularga qarshi samarali kiberxavfsizlik yechimlari” mavzusida qiziqarli suhbat o’tkazildi.

Shuningdek, tadbir so’ngida talabalar o’rtasida jamoalar tuzilib Cybersport musobaqasi o’tkazildi.