TATU Fargʻona filiali talabasi xalqaro va mahalliy grant tanlovlarga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi

Andijon Yoshlar Texnoparkida tashkil etilgan “InnoX” biznes inkubator va akselerator dasturi ishtirokchilari 4 oy davom etgan dasturni tamomlab “Demo day” loyihalar taqdimotini oʻtkazdilar.

“Demo day” tadbiri davomida dastur ishtirokchilari oʻz loyihalari taqdimotlari va “MVP” lari bilan qatnashdilar.

Viloyat Oliy taʼlim muassasalari prorektorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar  hududiy boshqarmasi mutaxassislari, ekologiya va turizm boshqarmalari hamda Andijon Yoshlar Texnoparki direktoridan tashkil topgan hakamlar hayʼati loyihalarni tuzilgan nizom doirasida baholab bordilar.

“Demo day” yakuniga koʻra “InnoX” biznes inkubator  va akselerator dasturida TATU Farg’ona filiali 631-23 guruh talabasi Muhammadaziz Ro’zaliyev va faol ishtirok etib esdalik sovg’alar va tashakkurnoma bilan taqdirlandi