Qo‘qon shahridagi O‘rda maydonida “Farg‘ona-vodiy gavhari. Investisiya va turizm istiqbollari” mavzusidagi xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forumda TATU Farg’ona filialining xalqaro hamkori Vengriya davlati “ArchEnerg” klaster vakillari Sharlotta Lakatosh hamda xalqaro biznes maslahatchi Irina Szocs ishtirok etishdi.
Farg’ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida mazkur klaster vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuv mobaynida TATU Farg’ona filialida yashil energiya klasterini yo‘lga qo‘yishda bajarilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar, quyosh panellari asosida “Muqobil energiya quyosh parki” loyihasini joriy etish, professor-o‘qituvchilar almashinivu, ilmiy amaliy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha manfaatli kelishuvlarga erishildi.