O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan chora – tadbirlar rejasiga muvofiq Respublika Din ishlari qo’mitasi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbirlari o’tkazilishi belgilangan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida talabalar o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Farg’ona viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Xolmatov Mo’ydinjon hamda O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi professori Bekmirzayev Ilxomjon ishtirok etdilar.