Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida ilk marotaba ikki oliygoh Axborot xizmatlari hamkorlik memorandumini imzoladi.
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali hamda Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Axborot xizmatlari oʻrtasida “Media, ommaviy kommunikatsiyalar hamda jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish” yo‘nalishida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumning asosiy maqsadi – ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida axborot almashinuvi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishda yangi yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, media sohasida tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bir qator jihatlar qamrab olingan.
Hamkorlik doirasida turli o‘quv seminarlarini tashkil etish, o’qituvchi va talabalar uchun mahorat darslarini o‘tkazish hamda axborot texnologiyalari va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.