Huawei tomonidan tashkil etilgan, 80 mamlakat va mintaqalardan 750 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan “ICT Competition 2024/2025” global tanlovining milliy final bosqichi bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbirda O’zbekistonni taqdim etgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakulteti talabasi Hasanxon Saydullaxonov “Computing track” yo’nalishida 1-o’rinni egallab, g‘olib bo‘ldi!
12 mamlakatdan ishtirok etgan mintaqaviy final 2-dekabr kuni bo’lib o’tdi va natijalar 10-dekabrga qadar e’lon qilinishi kutilmoqda.
Tadbirda ishtirok etgan Texnovoy jamoasi va A.Muhammadjonov rahbarligidagi barcha yoshlarni tabriklaymiz!