Zakovat intellektual o’yini va G’azalxonlik kechasi bo’lib o’tdi

Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakulteti tomonidan 2-Talabalar turar joyida Alisher Navoiyning 584 yilligi munosabati bilan Zakovat intellektual o’yini va G’azalxonlik kechasi bo’lib o’tdi.

Zakovat intellektual o’yini natijalariga ko’ra:

🥇 1-o‘rin – Navoiy jamoasi
🥈 2-o‘rin – Yosh shoirlar jamoasi
🥉 3-o‘rin – Dasturchilar jamoasi

Tadbir so’ngida g’olib jamoalar hamda faol ishtirokchilar tashakkurnoma va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.