Ochiq muloqot

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti vakili podpolkovnik Madraximov Temur Hoshimjonovich talabalar bilan uchrashdi.

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida o‘qishini davom ettirish istagini bildirgan talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda, Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakultet dekani Muhammad Yunus Norinov, Aloqa harbiy instituti harbiy xizmatchisi podpolkovnik Temur Madraximov va talaba yoshlar ishtirok etdi.

📌 Uchrashuv davomida talabalarga Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti faoliyati, kursantlarning talim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.