Fargʻona viloyatida 1000 dan ortiq informatika fani oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Fargʻona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “InfoTeach — 2025” forumining birinchi kuni yakunlandi.

✅“InfoTeach — 2025” forumi doirasida informatika fani o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt, frilanserlik, olimpiada tayyorgarligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha treninglar tashkil etiladi.

👨‍👦‍👦Treninglarda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan tanishtirish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha maʼruzalar boʻlishi koʻzda tutilgan.