🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Axborot-resurs markazi hamda Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondasi Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
💫 Suhbat davomida filial Axborot-resurs markazi xodimlari hamda viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Abdulla Qahhorning oltinga teng o‘lmas asarlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini talaba-yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar.


