Аl-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU Farg‘ona filiali direktor o‘rinbosari А.Kadirov tashrif buyurdi

🟢Tashrif davomida ta’lim, fan hamda ilmiy tadqiqot sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quv, uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, talabalarning akademik almashinuvi, o‘quv dasturlari bo‘yicha tajriba va axborot almashish, professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’ruzalar o‘qish maqsadida Strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish memorandumini imzolash kelishib olindi.

🟢Shuningdek, Tibbiyot sohasini axborot texnologiyalari bilan o‘zaro integratsiyasini amalga oshirish maqsadida Аsfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.