Kompyuter injiniringi va Sun’iy intellekt fakulteti Axborot texnologiyalari kafedrasi va Davlat Kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi bilan shartnoma imzolandi.
Hamkorlikda kafedra professor o’qituvchilari S.I.Karimov, A.Hakimov va D.Sotvoldiyevalar tomonidan 614-21 gurux kompyuter injiniringi yo’nalishi talabalarini “Geoaxborot texnologiyalari” fanidan olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash, hamda “Tarmoq-oliygoh-korxona” tamoyili va dual ta’lim dasturi tashkil etish maqsadida Davlat Kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasiga tashrif buyurishdi.
Natijada tashkilot bilan kelajakda ushbu fan yuzasidan muhandislik maktabini tashkil etish bo’yicha shartnoma imzolandi.