Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi hamkor tashkilotlar o’rtasida sportning “Mini futbol” turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi hamkor tashkilotlar o’rtasida sportning “Mini futbol” turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi.

⚡️Bunda bizning filial professor o’qituvchilari va xodimlaridan tashkil topgan jamoa va O’zbekiston pochtasi Farg’ona filiali xodimlari o’rtasida o’yin bo’lib o’tdi.

♾O’yin natijalariga ko’ra filialimiz jamoasi 9:2 hisobida g’oliblikni qo’lga kiritishdi.

Bizni kuzatishda davom eting. Filialimiz jamoasiga keyingi o’yinlarida ham omad tilaymiz!