🎗 Talaba-qizlar o‘rtasida «Ayolning jamiyatdagi o‘rni» mavzusida tadbir o‘tkazildi. O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlash, oila onalik va bolalikni himoya qilish, ularga yangi ish o‘rinlarni yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, moddiy va maʼnaviy madaniyatimizni yuksaltirish, tili, madaniyati, xalq og‘zaki ijodi, anʼana va urf-odatlar bilan birga milliy liboslar haqida tushunchalar berildi.
📮 Shuningdek barcha ishtirokchilarga mavzuga xos taqdimot namoyish etildi, tadbir so‘nggida ayol va onalar haqida kuy-qo‘shiqlar yangradi. Tadbirda ishtirok etgan talaba-qizlar o‘ziga qiziq bo’lgan savollarga javob oldi.