TATU Farg’ona filiali Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakultetida rahbar xodimlar, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirokida “Birinchi kurs maktabi” doirasida talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Ushbu uchrashuvda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, “Murakkab jarayonlarni modellashtirish ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi”, Kiberxavfsizlik markazi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash markazi, ARM va Student office faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.








