Bitiruvchilar uchun diplomning elektron nusxasini olish imkoniyati yaratildi

Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasasalarini 2019/2020 oʼquv yili bitiruvchilari uchun diplomning elektron nusxasini olish imkoniyati yaratildi.

Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi harakatlarni bajaring:
1) diplom.edu.uz veb-saytiga kiring. Ekraningizdagi paydo boʼlgan sahifaning «JShShIR» qismida pasportingizdagi tegishli maʼlumotni kiriting va «Tekshirish» tugmachasini bosing.
2) Keyingi sahifada bitiruvchining shaxsiy maʼlumotlari aks etadi. Аgarda mazkur sahifaning «Diplom raqami» qismida maʼlumotlar mavjud boʼlsa, «Diplom nusxasini ko’chirib olish» tugmachasini bosing.

Mabodo, «Diplom raqami» qismida maʼlumotlar aks etmasa, oʼzingiz tamomlagan oliy taʼlim muassasasiga murojaat qiling.

Bakalavriat bitiruvchilari diplom va uning ilovasi elektron nusxalari bilan magistr.edu.uz veb-platformasi orqali 2020/2021 oʼquv yili uchun magistraturaga onlayn hujjat topshirishlari mumkin.