🏪 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining direktor maslahatchisi A.Usmonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I.Kaxxarov, filial profilaktika inspektori A.Mirzaliyevlar tomonidan Kompyuter injiniringi hamda Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakultetlari talabalari o‘rtasida «Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz!» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
🎙 Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida talabalar faol qatnashib, o‘zlarini fikr mulohazalarini bildirdi va qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi. Shuningdek korrupsiyaga doir jinoyatlar uchun javobgarlik to‘g‘risida talabalarga meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida tushunchalar berildi.