Caption align here

Blog Full Left Sidebar With Frame

TATU Fargʻona filiali Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti talabalarining bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish! Bugun Fargʻona shahrida talabalarimiz uchun diqqatga sazovor joylarga tashrif uyushtirildi! Festival ko’ngil ochar markazida sport va o’yinlar bilan boyitilgan vaqt o’tkazishdi. Tashrif davomida talabalarimiz: 🎮 Stol tennisi 🎳 Bowling ⛸ Muz uchish o’yinlarida faol qatnashdilar! Bu kabi tadbirlar talabalarimizni birlashtirib, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli va foydali o’tkazishga xizmat qiladi.
Read More
TATU Fargʻona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti “Telekommunikatsiya injiniring” kafedrasi qoshidagi “Ilg’or muhandislik maktabi”da talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida bir qator amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan:Elektronika asoslari va yarimo‘tkazgichlar kursi;Signal va tizimlar. Mazkur amaliy mashg‘ulotlar orqali talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni zamonaviy texnologiyalar va bozor talablariga mos muhandis sifatida shakllantirish maqsad qilingan.
Read More
TATU Fargʻona filialida jami 919 nafar talabalar Xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘ldi bu dekabr oyiga nisbatan 177 taga ortganini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega boʻlgan yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024 -yil 17-fevraldagi 95-son qarori talablari asosida yoshlarga professional IT-sertifikatlar xarajatlari to‘lab beriladi
Read More
TATU Fargʻona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti “Iqtisodiyot va kasb ta’limi” kafedrasi tomonidan talabalar turar joyida osh palov taomi tashkil etildi! Talabalarimiz uchun mazali va sogʻlom taom tayyorlandi. Ushbu tadbir orqali talabalar bir-birlari bilan vaqt o‘tkazib, mazali ovqatni baham ko‘rdi.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Fargʻona filiali Xotin-qizlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi va fakultetlarning dekan maslahatchilari tomonidan 2-sonli TTJ da oʻrganish ishlari amalga oshirildi. Oʻrganishdan maqsad talabalar bilan muloqot qilish, ularning turar joydagi sharoitlarini o‘rganish, o‘qish va yashash jarayonida duch kelayotgan muammolarni tinglash hamda kerakli yordamni ko‘rsatish.
Read More
1 2 3 367