Filialning bir guruh vakillari “Erasmus+” dasturi doirasida Fransiyaning Sarbonna universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad “Specacom” loyihasi bo’yicha seminar-treningda ishtirok etish hamda sohaning innovatsion yutuqlari bilan tanishish. Eslatib o’tamiz, dastur doirasida xorijdagi ma’ruzalarda qatnashayotgan professor o’qituvchilarimiz loyiha doirasida belgilangan vazifalarni hal etish bo’yicha seminarlarda ishtirok etmoqdalar.Read More
Ushbu anjumanda Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari professor o’qituvchilari, doktorantlari, magistrlari va faol talaba yoshlari 4 ta yo’nalish bo’yicha o’zlarining ilmiy maqolalari bilan qatnashdilar. Axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari hamda yechimlariTelekommunikatsiya va axborot xavfsizligining dolzarb muammolari va yechimlari.Zamonaviy pedagogik-psixologik texnologiyalar. Oliy va o’rta ta’lim tizimi muammolari va ularning yechimlari.Raqamli iqtisodiyotning jamiyatni rivojlanishidagi, hamda hududiy muammolarni yechishdagi ahamiyati. Konferensiya yuqoridagi 4 ta yo’nalishlar bo’yicha bo’lib o’tdi...Read More
Farg’ona tumani XTB tasarrufidagi 29-maktab 10-11-sinf o’quvchilarini Oliy ta’limga kirish samaradorligini oshirish hamda kasb-hunarga yo’naltirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona fililali Yoshlar masalalari va ma’naviy marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Kadirov, tyutorlar va talabalar ishtirokida maktab psixologi G.Solijonova tomonidan tashkillangan “Men talaba bo’laman” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.Read More
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi, Respublika Xotin-qizar Kengashi bilan hamkorlikda 2022-yil 14-15-aprel kunlari Urganch davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida o’quv seminari bo’lib o’tdi. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona fililalidan Xotin qizlar masalalari bòyicha maslahat kengashi raisi Sh.G’aniyeva ishtirok etdi.Read More
Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari muzeyi”ga TATU Farg’ona filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbarligida tyuterlari tomonidan TT va KT fakulteti talabalari tashriflari tashkillandi. Muzey ma’murlari tomonidan Farg‘ona vodiysida ilk tashkil etilgan ta’lim muassasalari va ularni tashkil etgan yurt qahramonlari va ularning ilmiy hayot kechinmalari haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Muzey ma’muriyati va Farg‘ona davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbarlari bilan talabalar tashriflari davomli...Read More