“Yuksalish” harakati Farg’ona viloyat bo‘linmasi va Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan jamoatchilik tadbirlari doirasida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida talaba yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Andre Algermissen Germaniyada ta’lim tizimi, shuningdek Konrad Adenauer jamg‘armasining faoliyati va iqtidorli talabalar uchun mo‘ljallangan stipendiya dasturi haqida ma’ruza qildi. Mazkur ma’ruza talabalar orasida qiziqish uyg‘otib,...Read More
TATU Farg’ona filial qoshidagi akademik litsey o’quvchilari tashrif buyurib, oliygoh direktori F.M.Muxtarov tomonidan talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, xorijiy davlatlardagi OTM lar bilan hamkorliklar va talabalar almashinuvi dasturlari bo’yicha ma’lumotlar berildi. Oʻquv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari T.M.Abdullayev va X.Sotvoldiyevlar tomonidan dasturiy ta’minotlar va bu sohada filial talabalarining erishayotgan yutuqlarini aytib o’tildi.Read More
Bugun mamlakatimiz yoshlari hayotidagi eng hayajonli va unutilmas kunlardan biri. Chunki 25-may sanasida maktablarda so‘ngi qo‘ng‘iroq chalinmoqda va bitiruvchi o‘g‘il-qizlar maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqdalar. Ushbu jarayonlarda TATU Fargʻona filiali direktori, dotsent – Farrux Muxtarov ham yoshlarga motivatsiya ulashish, bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-ma’rifatga, oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Fargʻona shahardagi 9-sonli maktabda bo‘ldi.Read More