Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida “Innoweek.uz-2023” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligiga start berildi

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida “Innoweek.uz-2023” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligiga start berildi. Mazkur tadbirda soha hamkorlari, fakultet dekanlari, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etishmoqda.

Dastavval, oligoh ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari B.Polvonov bu yilgi haftalik “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” mavzusida o’tkazilishi rejalashtirilgani haqida ta’kidlab o’z tilaklarini bildirib o’tishdi.