Bugun TATU Farg’ona filiali direktori Farrux Muxtarov, fakultet dekanlari hamda professor-o’qituvchilar bilan uchrashdi

Uchrashuvda oliygoh direktori, dotsent F.Muxtarov filialda erishilayotgan yutuqlar yuzasidan to‘xtalib, ushbu natijalarni qo‘lga kiritishda fidoiy ustozlar o‘rni borligi alohida ta’kidladi Filialda so’nggi yillarda talabalar hamda professor-o’qituvchilarga yaratib berilayotgan qulayliklar, shart-sharoitlar, shuningdek, endilikda amalga oshiriladigan istiqboldagi rejalar xususida so’z yuritdi.

“Direktor va professor-oʻqituvchilar” uchrashuvi qizg‘in savol va javoblar, muammolar va takliflarga boy bo‘ldi. Ko’tarinki kayfiyatda o’tgan muloqotda bir qator muammolar va takliflar bildirilib, murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.