Bugun yurtimizda umumxalq hashari boshlandi

16−18-mart kunlari O‘zbekistonda Navro‘z arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida mevali ko‘chat ekish mavsumida filial hududlariga ko‘chatlarni ekish tadbirlari davom etmoqda.