Buzish uchun qurilmaydi

Ota-bobolarimiz azal-azaldan imoratni qurishdan oldin poydevor qo‘yiladigan yerning qanday joy bo‘lgani, tuprog’ining tarkibini o’rganishgan. Xatto, kun chiqish va botishdagi shamol yo’nalishi, issiqlik va salqin xonani saqlash xolatlarini xam nazardan chetda qoldirishmagan.

Eng muximi, qurilayotgan yerning kimniki va bu yerda zarur inshootlar qurilishi yo qurilmasligi, yo’lga ta’siri bo’lish-bo’lmasligi surishtirilgan. Ko’pchilik qatnaydigan yo’l ustiga imorat qurishga sira yo’l qo’yilmagan.

Birok, o’zboshimchalik bilan ish yuritib, qurilish me’yor qoidalariga amal qilishni istamaganlar xam topiladi. Shunday xolatlarni oldini olish va joylarda qurilish-me’yor qoidalari xamda yong’in xavfsizligi qoida talablariga amal qilinishini ta’minlash maqsadida o’tgan davr mobaynida Farg‘ona viloyati FVB YoXB xodimlari bir qator tadbirlarni amalga oshirishdi.

Viloyat FVB YoXB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyundagi 493-son Qarori bilan tasdiqlangan  “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi to‘g‘risida”gi  Nizom talablariga asosan ish olib borilmoqda. Joy­larda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari nazoratga olinib, qurilish me’yor qoidalari xamda yong’in xavfsizligi qoida talablarining bajarilishi yuzasidan targ‘ibot ishlari kuchaytirilgan.

 

 

                                               

Farg‘ona viloyati FVB YoXB MTG

     Farg‘ona shaxar YoXB